» » Foto: Toshkent Janubiy vokzali 4-apreldan ish boshlaydi

Foto: Toshkent Janubiy vokzali 4-apreldan ish boshlaydi


Toshkent Janubiy vokzali Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq zamonaviy arxitektura talablari asosida tubdan rekonstruksiya qilindi. Vokzalning umumiy maydoni 9,2 gektar bo‘lib, 650 metrlik 3 ta perronga ega. U haqda O‘zA ma’lumot keltirdi.

Vokzal hududida diametri 14 metrlik ikkita zamonaviy favvora qurilgan. Bu yoz kunlari hududdagi iqlim musaffoligini ta’minlab, yo‘lovchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi.

Vokzal bir vaqtning o‘zida 500 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega bo‘lib, bir kecha kunduzda 20 000 nafar yo‘lovchilar 19 poyezdlarda kutib olinadi va kuzatiladi.

Yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida vokzal hududi zamonaviy devor bilan o‘ralgan. Vokzal binosi, kassa zali va vokzal hududi 170 ta videokuzatuv kameralari bilan ta’minlangan.

Yo‘lovchilarning yo‘l hujjati, pasporti, bagaji va qo‘l yuklari vokzal hududiga kirish joyining o‘zida tekshiriladi. Vokzal binosida yo‘lovchilar uchun jahon standartlariga mos sharoitlar yaratilgan. Binoda kutish, VIP zallari, ona va bola xonasi, tibbiyot punkti, mehmonxona, dam olish xonalari, bufet, ko‘chma savdo nuqtalari, gazeta va jurnallar, Wi-Fi internet xizmati, elektron kutubxona, planshet xizmati, shirinliklar va milliy sovg‘alar sotish shaxobchasi, mobil qurilmalar uchun quvvatlantirish manbai, elektron ma’lumotlar markazi va tablosi, sayyohlar zali va zamonaviy lift mavjud.

Kutish zali ko‘rgazma va televizion axborot vositalari bilan jihozlangan.

Yo‘lovchilarga bir sutkada 100 nafarga yaqin ishchi xizmatchi xizmat ko‘rsatadi.

Kutish zali havo harorati me’yorini ta’minlovchi sovutgichlarga ega. Chiptalar vokzal hududida joylashgan bo‘lib, bir kecha kunduzda 5000 ta chipta sotiladi, shu jumladan elektron chiptalar ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Toshkent Janubiy vokzalidan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha poyezdlar jo‘natiladi va kutib olinadi:

Toshkent – Urganch

Toshkent – Buxoro

Toshkent – Andijon

Toshkent – Qo‘ng‘irot

Toshkent – Termiz

Toshkent – Sariosiyo

Andijon – Buxoro

Andijon – Urganch

Andijon – Termiz

Toshkent – Buxoro (sharq)

Toshkent – Termiz (Nasaf)

Toshkent – Andijon (O‘zbekiston)

Shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi poyezdlar:

Toshkent – Hojikent

Toshkent – Xovos

Toshkent – Bekobod

Toshkent – Sirdaryo

Toshkent – Guliston

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ma’lum qilishlaricha, Toshkent Janubiy vokzali o‘z ishini joriy yilning 4-aprelidan boshlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2018, 22:58)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют