» » Toshkent va Jizzax viloyatlarining sobiq hokimlari yana hokimlikka ishga qaytdi

Toshkent va Jizzax viloyatlarining sobiq hokimlari yana hokimlikka ishga qaytdi


Toshkent viloyatining sobiq hokimi Shukurullo Boboyev va Jizzax viloyatining sobiq hokimi Ulug‘bek Uzoqov yana hokimlik tizimiga ishga qaytdi.

Avval xabar berganimizdek, 3-aprel kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida Jizzax viloyatida qator nabatdan tashqari sessiyalar bo‘lib o‘tdi va ularda tashkiliy masalalar ko‘rildi.

Jumladan, xalq deputatlari Paxtakor tuman kengashi sessiyasida Narzulla Qo‘shboqov o‘rniga Shukurullo Boboyev, Do‘stlik tumanida o‘tkazilgan sessiyada esa Ibrohim Qarshiboyev o‘rniga Ulug‘bek Uzoqov tuman hokimi etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Shukurullo Boboyev va Ulug‘bek Uzoqov 2017-yil, 30-oktabr kuni bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokida o‘tkazilgan videoselektorda paxta hosiliga qo‘shib yozishda ayblanib, lavozimdan ozod etilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют