» » Markaziy Osiyo prezidentlari qanday avtomobillarda harakatlanadi?

Markaziy Osiyo prezidentlari qanday avtomobillarda harakatlanadi?


“Kaktakto” nashri Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari qanday avtomobildan foydalanishi haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev so‘nggi vaqtlarda Mercedes-Benz S600 Pullman Guard, shuningdek, Maybach 62 mashinalarida harakatlanmoqda.

Mercedes-Benz S600 Pullman Guard

Narxi: 170 000 dollardan boshlanadi

Mazkur model ko‘plab prezidentlar, jumladan, Rossiya prezidentining ham sevimli mashinasi hisoblanadi. Zirhlangan ushbu limuzin vintovkalar o‘qidan himoya qilish bilan birga, quvvati 15 kilogramm trotil ekvivalentiga teng bo‘lgan portlovchi qurilmaga ham chidab bera oladi. Pullman Guard’ni yaratishda yuqori mustahkamlikka ega po‘lat va aramiddan foydalanilgan, oynalari esa polikarbonatdan ishlangan.

Maybach 64

Narxi: 115 000 dollardan boshlanadi

Qozog‘iston prezidenti bundan tashqari oynali panorama tomiga ega Maybach 62 modelida ham harakatlanishni yaxshi ko‘radi. Mazkur avtomobil dvigatelining hajmi 5,5 litrga teng va u o‘zida 550 ot kuchini mujassamlashtirgan.

Qirg‘izistonning yangi prezidenti So‘ronbay Jeenbekov asosan W211 kuzovida yaratilgan Mercedes-Benz S600 modelida harakatlanadi. Avtomobilga 517 ot kuchiga ega dvigatel o‘rnatilgan. Model 100 km/soat tezlikka 4,6 soniyada erishadi.

Mercedes-Benz S600 W221

Narxi: 100 000 dollardan boshlanadi

Shuningdek, Qirg‘iziston prezidenti BMW 760 Li High Security’da ham harakatlanib turadi. BMW’ning ushbu modeli mustahkam zirhga ega. Zirh salonni tashqi ta’sirlardan mutlaq himoya qiladi.

BMW 760 Li High Security

Narxi: 99 000 dollardan boshlanadi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon boshqa mamlakat prezidentlari kabi Mercedes-Benz 600 Pullman W220 modelidan foydalanishni yoqtiradi.

Gurbanguli Berdimuhamedov o‘zining hashamatga bo‘lgan qiziqishi bilan mashhur. U nafaqat nasldor otlarni, balki qimmat avtomobillarning ham yuksak qadrlaydi. Berdimuhamedovni Mercedes va Maybach’dan tashqari Bugatti Veyron’ni boshqarib ketayotganida ham ko‘rishgan. 2010-yilda Top Gear jurnali Veyron’ga “O‘n yillikning eng yaxshi avtomobili” mukofotini topshirgan. Aynan o‘sha yilda mashina seriyali ishlab chiqariladigan dunyodagi eng tezkor avtomobil deya e’tirof etilgan.

Bugatti Veyron

Narxi: 2 500 000 dollardan boshlanadi

Shavkat Mirziyoyev GM Uzbekistan avtomobil zavodidan ishlab chiqarilgan mashinalarni minib turadi. O‘zbekiston Prezidenti Chevrolet Malibu’ni haydashni yoqtirishini ta’kidlagan. Ushbu modeldan ancha arzon narxda ishlab chiqarilgan bo‘lib, uni o‘rta sinf vakillari ham xarid qilishi mumkin.

Chevrolet Malibu

Narxi: 30 000 dollar atrofida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют