WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » AQSh rossiyalik oligarxlarga qarshi sanksiyalar joriy etadi
AQSh rossiyalik oligarxlarga qarshi sanksiyalar joriy etadi
AQSh go‘yoki Amerika prezidenti saylovlariga aralashganlik uchun “Kreml ro‘yxatidagi” rossiyalik oligarxlarga qarshi sanksiyalar joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda manbalariga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Sanksiyalar Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqin rossiyalik biznesmenlarga daxl qiladi. Ikki manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur choralar 5-aprel kuniyoq qo‘llanishi mumkin.
Oligarxlarga qarshi sanksiyalar “Amerika dushmanlariga sanksiyalar orqali ta’sir ko‘rsatish” (CAATSA) qonuniga muvofiq joriy etilmoqda. Unda 200 dan ortiq rossiyalik mansabdor va biznesmen sanab o‘tilgan — bu ro‘yxat “Kreml ro‘yxati” nomi bilan mashhur.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Понравился ли Вам наш сайт?