» » Bobomurod Abdullayev ishi boyicha birinchi guvoh bir-biriga zid korsatmalar berdi

Bobomurod Abdullayev ishi boyicha birinchi guvoh bir-biriga zid korsatmalar berdi


Fuqaro Kenja Musanov Ozbekistonda hokimiyatni egallab olish yoki konstitutsiyaviy tuzumni agdarish maqsadida til biriktirganlikda ayblanayotgan Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayevning ishi boyicha korsatmalar bergan ilk guvoh boldi, deb yozadi Gazeta.uz.

Musanov Bobomurod Abdullayev bilan 2013-yilda tanishgan, u Abdullayev boshqarayotgan taksiga otirgan, mashinada ular turli mavzularda suhbatlashgan. Abdullayev odam tashish bilan shugullanishini va qongiroq qilsa, uyiga ham borishi mumkinligini aytgan. Ular telefon raqamlari bilan ayirboshlashgan. U meni uch-tort marta u yoq-bu yoqqa olib bordi, har safar ozi qongiroq qilardi, dedi Kenja Musanov.

Muloqotlari chogida Abdullayev Ozbekiston hukumati va siyosatiga nisbatan norozilik bildirgan, Musanov esa har safar uni toxtatib, harbiy xizmatchi ekanligini va bu mavzudagi suhbatlar nomaqbul ekanligini aytgan, ammo Abdullayev gapirishda davom etgan.

2013-yil dekabrida Abdullayev Musanovga qongiroq qilib, tushlikka tanishinikiga oshga borishni taklif qilgan. Abdullayev bilan Mirzo-Ulugbek tumanidagi uyga kirishganida ularni Hayotxon Nasriddinov kutib olgan.

Abdullayev undan telefonini ochirib, batareykasini chiqarib qoyishni soragan, ammo bundan shubhalangan Musanov xizmat boyicha chaqirib qolishlari mumkinligi tufayli telefonini yoniq qoldirgan. Ovqatlanish vaqtida siyosatni salbiy tarzda muhokama qilish boshlangan. MXX, Mudofaa vazirligi, IIV rahbarlarini tilga olib, kuni kelib ularga asqotishi tufayli, ularning manzillarini aniqlashtirish kerakligini aytgan.

Nasriddinov planshet orqali Muhammad Solih bilan boglangan va jamoaga yangi azo qoshilganini aytib, Musanovni korsatgan. Agar ularning rejasini amalga oshirishda yordam bersam, menga Mudofaa vazirligida yuqori lavozim berilishini aytishdi, dedi Musanov.

Men rahbariyatga xabar berish haqida oyladim, ammo bu qandaydir tekshiruv yoki hazil deb oylab, xabar qilmadim. Bunday qilmaganimdan juda afsusdaman, dedi u.

Sud majlisi ishtirokchilarining savollariga javob berar ekan, Musanov suhbat tafsilotlarini eslay olmadi. Shuningdek, uchrashuv vaqtini ham ayta olmadi, ammo sudlanuvchilar uchrashuv 17:00 ga belgilanganini davo qilmoqda. Tomonlar, shuningdek, uyda qanday yigilganlari haqida ham bir-biriga zid korsatmalar berdi.

Musanov Abdullayev bilan boshidanoq fikrlari bir joydan chiqmagan bolsa ham, taksi xizmatidan foydalanish uchun u bilan muloqot qilishda davom etganini aytdi. Biroq ozi hech qachon qongiroq qilmaganini, chunki uning telefon raqamini bilmaganini takidladi. Raislik qilayotgan sudya Musanovdan Abdullayev qongiroq qilgan vaqtda unga taksi kerak bolishini qanday bilganligi haqida savol berdi. Shuning uchun aytayapmanki, men uning hamroh taksi sifatidagi xizmatidan foydalanmadim. Men undan shunchaki meni u yoq-bu yoqqa oborib qoya olish-olmasligini sorardim, dedi guvoh.

Keyinroq Musanov tergov chogida bergan korsatmalar u sudda bergan korsatmalardan farq qilishi malum boldi. Tergov chogida u Nasriddinov bilan avvaldan tanish bolganini, uchrashuv bolgan uyga borganida u kutib olganini, Abdullayev esa keyinroq kelganini va u bilan osha yerda birinchi marta tanishganini aytgan.

Guvoh malumotlar nima uchun ozgarib qolganini tushunmayotganligini aytib, suddagi korsatmalari rost ekanligini takidladi.

Majlisda Hayotxon Nasriddinov Musanovdan Mudofaa vazirligidagi harbiy xizmatchilarda harbiy-siyosiy tayyorgarlik boyicha mashgulotlar bolish-bolmasligi, ularni noqonuniy aksilkonstitutsiyaviy harakatlar chogida ozlarini qanday tutishga orgatish-orgatmasliklari haqida soradi.

Siyosiy emas, madaniy-marifiy mashgulotlar boladi. Bizga buni orgatishmaydi, yani aniq bir yonalishlar berishmaydi. Har bir harbiy xizmatchi bunday vaziyatlarda vatanparvar va harbiy xizmatchi sifatida ozi ongli ravishda harakat qiladi, dedi guvoh.

Bunday yomon harakatni korgan vatanparvar qanday ish tutishi kerak? deb soradi Nasriddinov.

Men rahbariyatga yetkazishim kerak edi, biroq bu tekshiruv yoki hazil ekanligini tushunmaganligim uchun xabar qilmadim. Bu mening aybim, dedi Musanov.

Advokat Sergey Mayorovning osha uydagi suhbat haqida bergan savoliga javob berar ekan, Kenja Musanov suhbatni Ozbekistonda konstitutsiyaviy tuzumni agdarish taklifi sifatida qabul qilmaganini aytdi.

Sergey Mayorov nashrga malum qilishicha, ayblanuvchi tomon ishda guvoh Musanovning ikkita bir-birini inkor etuvchi korsatmasi borligini talab qilib turib oladi. Ustiga-ustak, u aytayotgan narsalar mantiqsiz va bir-biriga zid. Barcha shubhalar sudlanuvchining foydasiga talqin qilinishi kerak, dedi himoyachi.



Manba: Daryo.uz
: admin (5-04-2018, 15:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
:
-
:
20 ... -