» » O‘zbekistonda qutqaruvchilar virtual reallik texnologiyasi orqali o‘qitilmoqda

O‘zbekistonda qutqaruvchilar virtual reallik texnologiyasi orqali o‘qitilmoqda


O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan Fuqaro muhofazasi instituti negizida 3D modeliga asoslangan qutqaruvchilarni o‘qitish va tayyorgarlashning maxsus tizimi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda FVV rasmiy saytida xabar berildi.

Qutqaruvchilarni o‘qitish jarayonida kompyuter texnologiyalariga asoslangan axborot tizimlaridan foydalanish o‘qitish samaradorligining oshishiga xizmat qiladi.

Professional qutqaruvchilarni tayyorlash jarayoni takomillashgan alohida usul va texnologiyalarni qo‘llashni talab qiladi.

Qutqaruvchilarni tayyorlashga mo‘ljallangan o‘quv mashq maydonchalari va markazlari favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha asosiy ko‘nikmalarning yaxshi o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Biroq bunday komplekslarni qurish juda katta mablag‘ talab qiladi.

Shu bilan birga yirik favqulodda vaziyatning asl modulini qurishning ham imkoni mavjud emas. Shuning uchun o‘qitish va tayyorlash jarayoniga muqobil usullarni kiritish yagona chora hisoblanishi bilan birga ko‘p miqdordagi mablag‘ni iqtisod qilish imkonini beradi.

Zamonaviy axborot texnologiyalaridan, ya’ni virtual ko‘rinishlardan foydalangan holda o‘qitish usuli istiqbolli usullardan biri hisoblanadi.

Virtual ko‘rinish kompyuter yordamida modellashtiriladi va unda barcha obyektlar uch o‘lchamli holda namoyish etiladi.

Bu tizimning o‘ziga xosligi shundaki, bunda tasvir real vaqtda o‘zgarish xususiyatiga ega bo‘lishidan tashqari, ushbu voqea hodisalar ichida yurgandek tuyg‘u hosil qiladi.

Bu tizim ta’sirni ham, ta’sirga bo‘lgan reaksiyani ham ifodalab bera oladi. Shuning uchun o‘qitish jarayonida virtual ko‘rinish bir vaqtning o‘zida o‘qitish usuli, vositasi va texnologiyasi vazifasini bajarib berishi mumkin.

Unda odamlarning, bino va jismlarning, joylar, o‘simliklar, daraxtlar va hududning modelini ifodalash mumkin. Bundan tashqari obyektlarning alohida modellarini yaratib, ularni yangi komponentlar qo‘shish yordamida kengaytirish imkoniyati modelni cheklanmagan miqdorda takomillashtirish va murakkablashtirish imkonini beradi.

“Dasturni kengaytirish va o‘zgartirish imkoni mavjud. Unga har xil turdagi favqulodda vaziyatlar modellarini kiritish mumkin. Bundan tashqari bu dasturdan keyinchalik boshqa vazirlik va idoralar ham qutqarish bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirishda foydalanishlari mumkin. Qutqaruvchilarni tayyorlashda ushbu texnologiyadan foydalanilganda ularning o‘zlashtirilayotgan materialga bo‘lgan e’tiborlari oshadi, o‘quv materiallari tez o‘zlashtiriladi, ko‘nikmalari oshadi. Virtual ko‘rinish o‘qitishga ketadigan sarf-xarajatlarni kamaytirishga, yuqori malakali mutaxassislarni tez va sifatli tayyorlashga yordam beradi. Virtual ko‘rinish texnologiyasi favqulodda vaziyat modelini yaratish va bu orqali mashg‘ulotlar jarayonida atrof muhitda yuzaga keladigan xavfli omillar ta’siridan zararlanishlarning oldini oladi. Fuqaro muhofazasi institutida virtual ko‘rinish texnologiyasini joriy etish orqali ko‘plab fanlarning o‘zlashtirilishini optimallashtirish, ushbu texnologiya yordamida favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda boshqa vazirliklar qutqaruvchilarining kasbga moslashuvini tezlashtirish bilan bog‘liq muammoni ham yechish mumkin” – deydi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aripov K.M.

Virtual ko‘rinish tizimi qutqaruvchilar uchun har xil favqulodda vaziyatlar modellarini yaratish va bunda qutqaruvchilar o‘zlari qaror qabul qilish imkoniyati yaratiladi.

Tizim 3D muhitiga tushish, xavfsiz joyda o‘tirgan holda ushbu muhitda harakatlarni amalga oshirish, atrofda bo‘layotgan voqea-hodisalar bilan hamohang harakat qilish, qarorlar qabul qilish imkonini beradi.

Tizim orqali tasvir, atrofda bo‘layotgan portlashlar tovushlari maksimal darajada reallikka yaqinlashtiriladi.

Dasturning o‘ziga xosligi shundaki, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar reallikka o‘ta yaqinlashtirilgan holda beriladi.

Qutqaruvchilarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlashda ushbu texnologiyadan foydalanishning ahamiyati shundaki, ushbu texnologiya har xil favqulodda vaziyatlarni modellashtirish va bunday sharoitda darhol qaror qabul qilish imkoniyati mavjud.

O‘qitishning bunday usuli qutqaruvchilarni favqulodda vaziyatlarga ruhan tayyorlash va natijada qutqaruv ishlari jarayonida tasodifiy halokatlarga uchrash holatlarining oldini olishga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2018, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 46) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют