» » Germaniyaning New Yorker kiyim brendi Toshkentda do‘kon ochish uchun joy izlamoqda

Germaniyaning New Yorker kiyim brendi Toshkentda do‘kon ochish uchun joy izlamoqda


Germaniyaning kundalik kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi New Yorker kompaniyasi Union Space (O‘zbekistonda Adidas, Motivi, Di Sport kabi brendlarni rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar guruhi) bilan Toshkentda do‘kon uchun joy izlashni boshladi, deb yozadi Spot kompaniya vakillariga tayanib.

New Yorker brendi Union Space bilan birgalikda O‘zbekiston bozoriga kirishning ehtimoliy yo‘llarini faol ravishda ko‘rib chiqishni, sarmoyalar risklarini hisoblab chiqishni va do‘konlar ochish uchun potensial joylarni ko‘zdan kechirishni, shuningdek, bozorni sinchiklab tahlil qilishni, logistikani, soliq va bojxona bazasini o‘rganib chiqishni boshladi.

“Agar hukumat xorijiy sarmoyalarning daxlsizligini ta’minlab, investitsiyalar bo‘yicha masalalarni tartibga solish bilan bog‘liq xalqaro huquq me’yorlariga rioya qila olsa, o‘zbek iqtisodiyotida rivojlanish uchun katta salohiyat bor”, — deyishdi Union Space’da.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2018, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют