» » Oliy sud sudyalari urgutlik tadbirkorlar bilan uchrashdi

Oliy sud sudyalari urgutlik tadbirkorlar bilan uchrashdi


Samarqand viloyatining Urgut tumanida O‘zbekiston Oliy sudi tomonidan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Bu haqda, Oliy sud matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Tadbirda O‘zbekiston Oliy sudi raisining o‘rinbosari B. Isoqov va boshqalar mamlakatda tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda sud organlari tomonidan olib borilayotgan ishlar, bu boradagi qonunchilik va tartiblar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, tadbirkor va fermerlar faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan muammolar yuzasidan sud idoralarida ko‘rilayotgan ishlar hamda ularning natijalari tahlil etildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017-yil 20-dekabrdagi XIII yalpi majlisida ma’qullanib, joriy yil yanvar oyida tasdiqlangan Iqtisodiy protsessual kodeks iqtisodiy nizolarni odilona ko‘rib chiqish va hal etishda keng imkoniyatlar yaratdi, — deydi O‘zbekiston Oliy sudi sudyasi Q. Komilov. — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradigan ushbu kodeks iqtisodiy sudlarda ishlarni yuritish tartibini takomillashtirib, sohadagi qonunchilik va amaliyotdagi ayrim kamchiliklarga barham beradi. Tadbirkorlar bilan muloqot jarayonida ularga bu haqda ma’lumot berish bilan birga, huquq va majburiyatlari tushuntirildi”.

Tadbir doirasida Oliy sud tomonidan nashr etilgan “Iqtisodiy sudlarga murojaat qilish tartibi” nomli amaliy qo‘llanma taqdimoti ham o‘tkazildi.

Shuningdek, tumanda Oliy sud sudyalari va huquqni muhofaza qilish organlari, mutasaddi idoralar mas’ul xodimlari ishtirokida sayyor qabullar uyushtirilib, tadbirkorlarning sud-huquq sohasidagi muammolari eshitildi, ularni hal etish choralari ko‘rildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2018, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют