» » Marg‘ilonda drama teatri ish boshladi (foto)

Marg‘ilonda drama teatri ish boshladi (foto)


Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida drama teatrining binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Teatr binosining ochilishi katta shodiyonaga aylandi. O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov va boshqalar mamlakatda milliy teatr san’atini rivojlantirish, san’atning mumtoz an’analarini asrab-avaylash, yangi sahna asarlari yaratish masalalariga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi.

Keyingi uch yilda Farg‘ona shahrida Teatr-konsert saroyi, viloyat qo‘g‘irchoq teatri qurildi, viloyat rus drama teatri hamda Qo‘qon shahar musiqali drama teatri binolari rekonstruksiya qilindi. “Maqom maktabi” va “Askiya maktabi” tashkil etildi.

Mazkur drama teatri binosi san’at ixlosmandlari, teatr fidoyilari, keng jamoatchilik uchun o‘ziga xos tuhfa bo‘ldi. 200 o‘rinli tomosha zalida zamonaviy sharoitlar yaratilgan.

Viloyat musiqali drama teatri va rus drama teatri ijodkorlari spektakllardan parchalar namoyish etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2018, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют