» » Dueyn Jonson “Forsaj”ning yangi qismida suratga tushishni istamayapti

Dueyn Jonson “Forsaj”ning yangi qismida suratga tushishni istamayapti


Gollivud aktyori Dueyn Jonson Rolling Stone jurnaliga bergan intervyusida “Forsaj” kinofranshizasining navbatdagi qismida tushishni istamayotganini tan oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Aytilishicha, bosh rol ijrochisi Vin Dizel bilan oralarida kelib chiqqan ixtilof bunga sabab bo‘lgan.

2016-yilda Dueyn Jonson Instagram’dagi sahifasida Vin Dizelni suratga olish maydonida o‘zini noprofessional tutishda ayblagan edi. Intervyuda aytilishicha, hozirgi paytda ixtilof bartaraf etilgan, ammo Jonsonning filmda qatnashish-qatnashmaslik masalasi noaniq bo‘lib turibdi.

“Suratga olish va hamkorlikka bo‘lgan qarashlarda va hayotiy falsafalarda fundamental farq borligini tushundim. Buni tushunish uchun vaqt kerak bo‘ldi, ammo hozir aniqlik kiritilganidan xursandman”, — dedi Jonson.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 69) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют