» » NATO bosh kotibi Rossiyaga qarshi yadro hujumiga tayyorgarlikni izohlashdan bosh tortdi

NATO bosh kotibi Rossiyaga qarshi yadro hujumiga tayyorgarlikni izohlashdan bosh tortdi


NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Shimoliy Atlantika alyansining qo‘shma yadro missiyalarida qatnashayotgan mamlakatlarni sanab o‘tirmadi, deb yozadi “RBK”.

Texas shtatining Dallas shahrida universitet talabalari bilan uchrashuvda u qo‘shma yadro missiyalari dasturida qatnashayotgan mamlakatlar haqida savol bergan talabaga o‘zini qiziqtirgan axborotni Google’da topib, ushbu ma’lumotlarga ishonish-ishonmaslikni o‘zi hal qilishini taklif etdi.

Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, NATOda allaqachondan buyon alyans a’zolarining yadroviy imkoniyatlarini taqsimlash amaliyoti mavjud. “Masalan, AQShda qurol bor, boshqa mamlakatlarda — yetkazib berish vositalari, aytaylik, samolyotlar bor. Turli mamlakatlar yadro salohiyatini ta’minlash uchun birgalikda ishlaydi, va biz hamon bunga ehtiyoj sezamiz”, — dedi u.

Nashr eslatishicha, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov fevral oxirida qurolsizlanish bo‘yicha Jenevada bo‘lib o‘tgan konferensiyada AQSh “qo‘shma yadro missiyalari doirasida” NATO a’zolarini Rossiyaga qarshi taktik yadro qurolini qo‘llashga tayyorlash uchun Yevropada harbiy mashg‘ulotlar olib borayotganini aytgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют