» » O‘zbekistonda idoralarga shaxsiy imtiyozlar taqdim etish haqida qarorlar qabul qilish taqiqlandi

O‘zbekistonda idoralarga shaxsiy imtiyozlar taqdim etish haqida qarorlar qabul qilish taqiqlandi


O‘zbekistonda idoralarning shaxsiy imtiyoz va preferensiyalar taqdim etish haqida qarorlar qabul qilishi taqiqlandi, deb yozadi Spot Prezidentning 4-apreldagi “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga tayanib.

Hujjatga muvofiq Prezident devonining huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish va islohotlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash xizmati tashkil etiladi.

Xizmat islohotlarning to‘liq amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilayotgan, shuningdek byurokratiya, huquqbuzarlik va korrupsiya uchun sharoit yaratayotgan tizimli muammolar va kamchiliklarni aniqlash bilan shug‘ullanadi. Prezidentining qarorlari bajarilishini monitoring va nazorat qiladi.

Xizmatga davlat organlari va boshqa tashkilotlardan Prezident qarorlarining amalga oshirilishi to‘g‘risida ma’lumot talab qilish, huquqiy kamchiliklarni to‘ldirish va yangi qonunlarni qabul qilish, amaldagi normalarni yoki boshqa hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha majburiy takliflar kiritish huquqi berildi.

Belgilanishicha, hukumat qarorlarining loyihalari Xizmat bilan majburiy muvofiqlashtiruvga asosan amalga oshiriladi. O‘zida umummajburiy ko‘rsatmalarga ega bo‘lgan, jumladan shaxsiy imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etishni nazarda tutuvchi hukumat va idoraviy protokol qarorlari, yozma ko‘rsatmalari qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют