» » Sankt-Peterburgdagi notarius idorasida qirg‘izistonlik fuqaroning pasportini olib qo‘ygan andijonlik shaxs qo‘lga olindi

Sankt-Peterburgdagi notarius idorasida qirg‘izistonlik fuqaroning pasportini olib qo‘ygan andijonlik shaxs qo‘lga olindi


IIB xodimlari Toshkent xalqaro aeroportida Sankt-Peterburgdagi notarius idorasidan qirg‘izistonlik fuqaroning pasportini olib qo‘ygan andijonlik shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

2018-yil 27-mart kuni Andijon viloyati Shahrixon tumani A.Qahhor ko‘chasi 8-uyda yashovchi, 1994-yilda tug‘ilgan S.Ziyayev Sankt-Peterburg shahrida joylashgan notarius idorasida Qirg‘iziston fuqarosiga tegishli chet davlatlariga chiqish pasporti va haydovchilik guvohnomalarini egallab olib, voqea joyidan yashiringan.

U 2018-yil 1-aprel kuni Sergeli tumanida joylashgan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida IIB xodimlari tomonidan ushlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют