» » Toshkentda qirg‘izistonlik hamkorini 138 ming dollarga tushirgan “tadbirkor” qo‘lga olindi

Toshkentda qirg‘izistonlik hamkorini 138 ming dollarga tushirgan “tadbirkor” qo‘lga olindi


Toshkent viloyatining Qibray tumanida qirg‘izistonlik hamkorini katta miqdordagi mablag‘ga chuv tushirgan “tadbirkor” qo‘lga olindi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

O‘nqo‘rg‘on mahallasida yashovchi, Singapurda ro‘yxatdan o‘tgan Mahul Machinary and Enginering firmasi rahbari U. Islombekov Qirg‘iziston fuqarosi R. Xo‘jayevga ipak tolasi jo‘natishni va’da qilib, o‘tgan yil yozida hisob raqamiga jami 138 ming dollar tushirdi. Biroq va’da bajarilmadi va Qirg‘izistonga yuk jo‘natilmadi.

Ko‘rilgan choralar natijasida U. Islombekov qo‘lga olindi. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют