» » Advice&Consulting Namanganda 2 ta logistika markazini barpo etadi

Advice&Consulting Namanganda 2 ta logistika markazini barpo etadi


Italiyaning Advice&Consulting kompaniyasi Namanganda ikkita logistika markazini barpo etadi. Loyihalarni joriy yilda yakunlash rejalashtirilmoqda, deb yozadi Spot.

Kompaniya olti yildan buyon O‘zbekiston bozorida ishlamoqda, joriy yilning mart oyida Toshkentda Advice&Consulting’ning  vakolatxonasi ochildi.

Logistika markazlari Pop tumanida “Namangan Agrologistik” va To‘raqo‘rg‘onda Gold Dried Fruits kompaniyalari bilan hamkorlikda barpo etiladi.

Pop tumanida kalibrlash va qadoqlash liniyalari bo‘lgan uch ming tonna sarhil mevalarni saqlashga mo‘ljallangan markaz joylashadi. Markaz yonida olma konsentrati va o‘rmon mevalari konsentratlarini ishlab chiqarish uchun kunlik ishlab chiqarish quvvati 200 tonnani tashkil etuvchi fabrika barpo etiladi.

Shuningdek, ushbu loyiha doirasida sublimatsiya innovatsion texnologiyalari yordamida mevalarni quritishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют