» » Qoraqalpog‘istonda qo‘li elektr go‘sht maydalagichga tiqilib qolgan 2 yoshli qizaloqqa yordam ko‘rsatildi

Qoraqalpog‘istonda qo‘li elektr go‘sht maydalagichga tiqilib qolgan 2 yoshli qizaloqqa yordam ko‘rsatildi


2018-yil 4-aprel kuni soat 19:18 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi-dispetcherlik xizmatiga 1050 telefon raqami orqali Nukus shahri Kirov ko‘chasi 47-uyda yashovchi fuqaro tomonidan 2 yashar qizining qo‘li elektr go‘sht qiymalagichda (“elektromyasorubka”) qisilib qolganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tayanib, “KRuz.uz” ma’lum qildi.

Kelib tushgan murojaat boshqarma boshlig‘iga yetkazilgan va zudlik bilan navbatchi smena tomonidan voqea joyiga yetib borib, amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

2018-yil 4-aprel kuni soat 19:25 da voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilari vaziyat haqiqatdan ham qaltis ekanligini tushunib, o‘zaro maslahatlashgan holda elektr go‘sht qiymalagichni qutqaruv asbob-anjomi (“bolgarka”) yordamida kesish bo‘yicha tezkor qaror qabul qilgan.

Qutqaruvchilar tomonidan o‘ta aniqlik bilan olib borilgan tadbirlar natijasida qizaloqning qo‘li elektr go‘sht qiymalagichdan chiqarib olingan. Uning qo‘li sog‘-salomat, faqatgina bir-ikkita joyi shilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют