» » MY5’da ko‘rsatilgan qiz o‘z joniga qasd qilgani haqida tarqatilgan xabar o‘z tasdig‘ini topmadi (video)

MY5’da ko‘rsatilgan qiz o‘z joniga qasd qilgani haqida tarqatilgan xabar o‘z tasdig‘ini topmadi (video)


MY5 telekanalida 2018-yil 1-aprel kuni “Yashirin kamera” ko‘rsatuvi orqali xiyobonlardagi yigit-qizlarning harakatlari tasvirga olingan edi. 5-aprel kuni “Qalampir.uz” saytida telekanal orqali namoyish etilgan ko‘rsatuvdagi qizlardan biri o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar berildi, biroq MY5 ushbu xabar o‘z tasdig‘ini topmaganligi to‘g‘risidagi ko‘rsatuv tayyorladi. Bu haqda telekanalning Telegram’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Avvalroq, ushbu holat yuzasidan Adliya vazirligi telekanalga ogohlantirish xati yuborgan edi.

“Qalampir.uz” saytida yozilgan xabarga ko‘ra, qiz tinchlantirish uchun iste’mol qilinadigan “Dimedrol” dori vositasidan ko‘p miqdorda ichgan va oradan ko‘p o‘tmay, u 1-sonli shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.

Bugun, 6-aprel kuni MY5 telekanali ijodkorlari ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida mazkur shifoxonaga borgan va qizning o‘z joniga qasd qilgani haqidagi xabar o‘z tasdig‘ini topmagan.

Bugun soat 20:20 da ushbu hodisa yuzasidan maxsus ko‘rsatuv efirga uzatiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют