» » Foto: Arxitektorlar aybi bilan sodir bo‘lgan tarixdagi eng mudhish halokatlar

Foto: Arxitektorlar aybi bilan sodir bo‘lgan tarixdagi eng mudhish halokatlar


TravelAsk arxitektorlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoliklar tufaylik ko‘plab insonlarning hayotiga zomin bo‘lgan ishootlar borasida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

“Nikerbroker” kinoteatri (Vashington, AQSh), 1992-yil 28-yanvar

5 yillik bino tomi ikki kun davomida yoqqan qalin qor qatlamiga chidash bera olmagan. Kinoteatr qulab tushgan vaqtda uning ichi odamlarga to‘la bo‘lgan, buning oqibatida 98 kishi halok bo‘lgan.

Yarmut ko‘prigi (Greyt-Yarmut, Angliya), 1845-yil 2-may

1845-yilning 2-may sanasida daryo bo‘ylab bochka ustida suzib ketayotgan masxarabozni tomosha qilish uchun yuzlab bolalar va ularning ota-onalari tashrif buyurgan. Ularning barchasi Yarmut ko‘prigiga to‘planishgan. Ko‘prik ostidan suzib o‘tayotgan masxarabozni ko‘rish uchun odamlar joyidan siljiganida platforma zanjirlari bunga dosh bera olmay uzilib ketgan.

“Pemberton Mill” fabrikasi (Lorens, Massachusets), 1860-yil 10-yanvar

7 yil qad rostlab turgan fabrikaning to‘satdan qulab tushishi oqibatida 145 kishi halok bo‘lgan. Aniqlanishicha, fabrikani qurish vaqtida arzon po‘lat to‘sinlardan foydalanilgan.

Ronan Point binosi (London, Angliya), 1968-yil 16-may

Qurilish ishlari yakunlanganiga ikki oy to‘lmasdan binoda gaz sizib chiqqan. Portlash oqibatida binoning bitta asosiy devori qulab tushgan. 4 kishi halok bo‘lgan.

Titon daryosidagi to‘g‘on (Aydaxo, AQSh), 1976-yil 5-iyun

Titon daryosiga qurilgan to‘g‘onning buzilishiga qurilish vaqtidagi xatolik sabab bo‘lgan. Buning oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan va 13 mingdan ortiq odam jarohat olgan.

Sampoong savdo markazi (Seul, Janubiy Koreya), 1995-yil 29-iyun

11-sentabrda sodir bo‘lgan teraktga qadar Seuldagi universal savdo majmuasining qulab tushishi eng halokatli hodisa hisoblangan. Binoning qulashi oqibatida 502 kishi halok bo‘lgan.

Tantanalar zali (Quddus, Isroil), 2001-yil 24-may

Loyihachilarining noto‘g‘ri hisob-kitoblari sabab konsturksiya tantana vaqtida raqsga tushayotgan odamlarning og‘irligini ko‘tara olmagan. Natijada 23 kishi halok bo‘lgan, yana 380 kishi jarohat olgan.

Lotus Riverside kompleksi (Shanxay, Xitoy), 2009-yil 27-iyun

Kompleksdan 13 qavatli 11 ta ko‘p qavatli turar joy binosi o‘rin olgan, biroq 2009-yilda ulardan biri to‘satdan qulab tushgan.

Rana Plaza binosi (Savar, Bangladesh), 2013-yil 24-aprel

Binoning 8-qavatida yoriqlab paydo bo‘lishi bilan odamlar darhol evakuatsiya qilingan. Biroq yuqori qavatdagi odamlar binodan qochib chiqishga ulgurmagan. Falokat oqibatida 1127 kishi halok bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют