» » Foto: Sobiq Ittifoq davrida yuz bergan va uzoq vaqt sir saqlangan dahshatli fojialar

Foto: Sobiq Ittifoq davrida yuz bergan va uzoq vaqt sir saqlangan dahshatli fojialar


Sobiq Ittifoq davrida ko‘plab dahshatli fojialar aholidan yashirilgan. OAV ularni yorita olmagan. TravelAsk uzoq vaqt davomida sir saqlangan ana shunday fojialar haqida hikoya qildi.

Novosibirskda samolyotning ko‘p qavatli uyga urilishi

1976-yilning 26-sentabrida 23 yoshli uchuvchi tomonidan o‘g‘irlangan An-2 samolyoti besh qavatli uyga urilgan va unda katta teshikni hosil qilgan. Hodisa oqibatida to‘rt kishi va uchuvchi halok bo‘lgan. Xabarga ko‘ra, uchuvchning xotini bolasi bilan ana shu ko‘p qavatli uyda yashovchi ota-onasinikiga ketib qolgan. Uchuvchi esa xotinini jazolash uchun shu ishga qo‘l urgan. Biroq halokat vaqtida uchuvchining xotini va bolasi bu uyda bo‘lmagan. Fojia ommadan yashirilgan va 2000-yillarga kelib oshkor qilingan.

Moskva metrosidagi qulab tushgan eskalator

1982-yilning 17-fevralida Moskva metrosining “Aviamotornaya” bekatida yo‘lovchilarning ko‘pligi sababli eskalator qulab tushgan. Natijada sakkiz kishi halok bo‘lgan va ko‘plab kishilar nogiron bo‘lib qolgan. Voqea haqida gazetalarda qisqa xabar berilgan va u to‘qqiz oy yashirilgan.

Boyqo‘ng‘irdagi raketa portlashi

1960-yilning 24-oktabrida sovuq urushdagi musobaqalar sababli to‘liq tayyorlanmagan R-16 raketasiga ruxsatsiz start berilgan. Natijada raketa yonib ketgan va portlagan. Portlash oqibatida qurbon bo‘lganlarning soni hanuzgacha noma’lum bo‘lib, 78 dan 126 kishigacha bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilinadi.

Опубликовано: admin (10-12-2017, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют