» » MDH Ijroiya qo‘mitasiga Ukrainaning Hamdo‘stlikdan chiqishi haqidagi hujjatlar kelib tushmagan

MDH Ijroiya qo‘mitasiga Ukrainaning Hamdo‘stlikdan chiqishi haqidagi hujjatlar kelib tushmagan


Ukraina MDH Ijroiya qo‘mitasiga hamdo‘stlik tarkibidan chiqish haqida hujjatlar topshirmagan. Bu haqda 6-aprel kuni MDH Ijroiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Viktor Guminskiy jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Ukrainaning MDHdan chiqishi to‘g‘risida Ijroiya qo‘mitasida hech qanday hujjatlar yo‘q”, — deya ta’kidladi u.

Guminskiy Ukraina MDH doirasidagi ba’zi tadbirlardagina ishtirok etayotganligiga aniqlik kiritdi.

“Ular badallarni to‘lamayapti, alohida tadbirlardagina ishtirok etmoqda, u yoki bu masalalar bo‘yicha (MDH Ijroiya qo‘mitasiga) notalar yubormoqda”, — dedi Ijroiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют