» » Buyuk Britaniyada ortiqcha vaznning oldini olish maqsadida shakar solig‘i kuchga kirdi

Buyuk Britaniyada ortiqcha vaznning oldini olish maqsadida shakar solig‘i kuchga kirdi


Buyuk Britaniyada 6-apreldan boshlab shakar solig‘i kuchga kirdi. Bu haqda Britaniya moliya vazirligi saytida ma’lum qilindi.

Mazkur qaror ortiqcha vazn to‘plashga olib keladigan shirin ichimliklar ishlab chiqarishni kamaytirishni ko‘zda tutadi.

Alkogolsiz, shirin ichimliklarning 100 millilitrida besh grammdan ko‘proq shakar borligi aniqlangan ichimlik ishlab chiqaruvchilari soliqqa tortiladi.

“Ichimligiga belgilangan miqdordan ko‘proq shakar qo‘shadigan ishlab chiqaruvchilar yiliga 335,8 million dollar miqdorida jarima to‘laydi”, — deyiladi xabarda.

Ushbu chora-tadbirlar, birinchi navbatda bolalar o‘rtasida ortiqcha vaznning oldini olishga qaratilgan.

Yig‘ilgan pul maktab o‘quvchilarining ovqatlanishini tartibga solish va ularning jismoniy faolligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishga yo‘naltiriladi.

Ushbu soliq turini joriy etish haqidagi taklif 2016-yilda ilgari surilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют