» » Prezident bilan AQShda muloqotda bo‘lgan doktor Amir Mahmudov O‘zbekistonga keldi

Prezident bilan AQShda muloqotda bo‘lgan doktor Amir Mahmudov O‘zbekistonga keldi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yil Nyu-Yorkda 20-sentabr kuni AQShda istiqomat qilayotgan bir guruh vatandoshlar bilan uchrashgandi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Ushbu muloqotda asli o‘zbekistonlik, ayni paytda AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligining mas’ul xodimi bo‘lib ishlab kelayotgan taniqli mutaxassis Amir Mahmudov ham ishtirok etgan edi. U shu kunlarda O‘zbekistonga keldi.

Safar chog‘ida taniqli tibbiyot eksperti ishtirokida tegishli vazirlik va idoralarda uchrashuvlar, talabalar uchun mahorat darslari tashkil etish rejalashtirilgan.

Xususan, O‘zbekiston Milliy universitetida 7-aprel kuni Amir Mahmudov tomonidan “AQSh fiziologiya va sog‘liqni saqlash tizimida innovatsion g‘oyalar” mavzusida bo‘lajak mutaxassislar uchun mahorat darsi o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют