» » Mudofaa vazirligida 300 dan ortiq harbiy xizmatchilarga unvonlar topshirildi

Mudofaa vazirligida 300 dan ortiq harbiy xizmatchilarga unvonlar topshirildi


Navbatdagi harbiy unvonlar harbiy qism va muassasalarda yangi o‘quv yili boshlanishiga bag‘ishlangan tadbirlarda o‘z egalariga tantanali tarzda topshirildi. Bu haqda “Daryo”ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlar joylarda qurol-aslaha va jangovar texnikalar namoyishi, ko‘rgazmali-amaliy mashg‘ulotlarga ulanib ketdi.

Jumladan, Samarqand shahrida joylashgan kollej va maktab o‘quvchilari, ixtisoslashtirilgan maktab tarbiyalanuvchilari harbiy qismlarda yangi tashkil etilgan kutubxona va Yoshlar ittifoqining harbiy qismlardagi boshlang‘ich tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Samarqand garnizoni harbiy orkestri jamoasi tomonidan taqdim etilgan konsert dasturi yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют