» » Chevrolet kompaniyasi Malibu, Spark va Cruze’ni yangiladi

Chevrolet kompaniyasi Malibu, Spark va Cruze’ni yangiladi


Chevrolet kompaniyasi birdaniga uchta model — Spark, Cruze va Malibu’ni yangiladi. Barcha avtomobillarda kuzovning old qismi dizayni o‘zgardi. Bu haqda “Motor” xabar berdi.

Spark xetchbekida yangi bamper, radiator panjarasi va linzali old yoritgichlari paydo bo‘lgan. Spark’ni 1,4 litr sig‘imli 99 ot kuchiga ega dvigatel harakatga keltiradi.

Sedan va xetchbekdan iborat Chevrolet Cruze oilasi old tomonining yangi dizayni bilan birga svetodiodli orqa yoritgichlarga, shuningdek, zamonaviy diskalar qatoriga ega bo‘lgan.

RS talqinidagi Malibu sedani radiatorning qora panjarasi, xiralashtirilgan logotip, orqa spoyler va 18 dyuymli g‘ildiraklarga ega bo‘lgan. 1,5 litr sig‘imli turbodvigatel 162 ot kuchiga ega. Shuningdek, Malibu qatorida 253 va 185 ot kuchiga ega bo‘lgan talqinlar ham bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2018, 00:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют