» » Braziliya sobiq prezidenti politsiyaga taslim bo‘lishdan bosh tortdi

Braziliya sobiq prezidenti politsiyaga taslim bo‘lishdan bosh tortdi


Braziliya sobiq prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva sud qaroriga bo‘ysunmadi va politsiya qo‘liga o‘zini topshirishdan bosh tortdi. Bu haqda Associated Press agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Da Silva 6-aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da Kuritiba shahrida hukumatga taslim bo‘lishi kerak edi. Biroq ma’lumotlarga ko‘ra, u o‘z tarafdorlari bilan hamon San-Paulu shtatidagi San-Bernardu-du-Kampu shahrida qolmoqda.

Braziliya Oliy sudi da Silvani hibsga olish borasida order bergan.

Uning o‘zi esa sudning ushbu qarorini bema’nilik deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, sud mamlakatning sobiq prezidentini korrupsiyada ayblab, 12 yilga ozodlikdan mahrum etgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, da Silva hamda uning rafiqasi OAS qurilish kompaniyasidan 748 ming dollar pora olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют