» » Tramp Abu-Dabi shahzodasi bilan telefon orqali suhbatlashdi

Tramp Abu-Dabi shahzodasi bilan telefon orqali suhbatlashdi


AQSh prezidenti Donald Tramp 6-aprel kuni Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad bin Zayd al-Nahayon bilan telefon orqali suhbatlashdi. Tomonlar Fors ko‘rfazi mamlakatlari o‘rtasidagi mojaroni hamda Eron va terrorchilikka qarshi kurashish uchun birlashish zarurligi masalasini muhokama qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Prezident Donald Tramp bugun Birlashgan Arab Amirligi valiahd shahzodasi Muhammad bin Zayd bilan suhbatlashdi, tomonlar mintaqada sodir bo‘layotgan voqealar hamda iqtisodiy va xavfsizlik borasida o‘zaro hamkorlik qilish borasida bir qator masalalarni muhokama qildi. Prezident valiahd shahzodani Fors ko‘rfazi davlatlari birligi Eronning beqarorlashtiruvchi faoliyatiga qarshi turishda hamda terrorchilarni yengishda yordam berishini isbotlashga urinayotgani uchun minnatdorchilik bildirdi”, — deyiladi xabarda.

“Tomonlar Fors ko‘rfazining barcha davlatlari mintaqadagi tinchlik va farovonlikni ta’minlash uchun bir-birlari va Qo‘shma Shtatlar bilan munosabatlarni kuchaytirishga kelishib oldi”, — deya ta’kidlanadi Oq uy xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют