» » Superliga. Intizomsizligi sabab “Lokomotiv” futbolchisi Ikrom Aliboyev 4 ta o‘yinga chetlatildi va 10 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi

Superliga. Intizomsizligi sabab “Lokomotiv” futbolchisi Ikrom Aliboyev 4 ta o‘yinga chetlatildi va 10 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi


O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasi o‘zining navbatdagi yig‘ilishida Superliganing bir qator uchrashuvlaridagi bahsli vaziyatlar o‘rganib chiqdi.

Joriy yilning 31-mart kuni Superliga 4-tur doirasida AGMK hamda “Lokomotiv” klublari o‘zaro to‘qnash kelgandi. Mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetgan uchrashuvning hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarida har ikki jamoa futbolchilari o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Ishni o‘rganish jarayonida, uchrashuv referisi Akobirxo‘ja Shukurillayevning yozma arizasi hamda bergan ko‘rsatmalari, Sport-TV telekanalidagi translyatsiya videosi va AGMK tomonidan PFLga taqdim etilgan videosidan foydalanildi.

Shuningdek, PFL komissari ham bo‘lib o‘tgan voqea yuzasidan o‘z ko‘rsatmasini berdi.

Natijada, tajovuzkor hatti-harakati uchun o‘yinning 94-daqiqasida maydondan chetlatilgan Ikrom Aliboyev O‘FA tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan 4 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qildi. Endi u “Qo‘qon-1912”, “Nasaf”, “So‘g‘diyona” va “Bunyodkor” klublariga qarshi o‘yinlarda jamoasiga yordam bera olmaydi. Shuningdek, unga 10 million so‘m jarima ham solindi.

Komissiya a’zolari mazkur holat uchun faqatgina Ikrom Aliboyevning o‘zi aybdor emas degan qarorga keldi. Boisi, janjalda har ikki klub vakillari ham ishtirok etgan. Shundan kelib chiqib, qo‘mita Tartib-intizom kodeksining 2-bob 5.36 bandiga asosan AGMK va “Lokomotiv” klublarini 25 million so‘mdan jarimaga tortdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2018, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют