» » Uzbek Tigers — Venesuela Caciques 5:0. Sanjar Tursunov ham hakamni 2 bor hisobni ochishga majbur qildi va raqibini mag‘lub etdi

Uzbek Tigers — Venesuela Caciques 5:0. Sanjar Tursunov ham hakamni 2 bor hisobni ochishga majbur qildi va raqibini mag‘lub etdi


Ayni damda Butunjahon boks seriyasida ishtirok etayotgan O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi Venesuelaning Venesuela Caciques jamoasiga qarshi jang olib bormoqda. Bugun 10 ta jang o‘tkazilishi belgilangan.

C1 guruhining so‘nggi jangida 91 kg vaznda ringga ko‘tarilgan Uzbek Tigers a’zosi Sanjar Tursunovga Venesuela Caciques jamoasidan Bello Dias raqiblik qildi. Sanjar Tursunov ham hakamni 2 bor hisobni ochishga majbur qildi va raqibini mag‘lub etdi. Hakamlar bir ovozdan Sanjarning g‘alabasini qayd etdi. Hisob 3:0 (50:42, 50:44, 50:43) ko‘rinishini oldi.

Bundan avval Nodir Mirzaahmedov, Shahobiddin Zoirov, Aliyor Noraliyev, Isroil Madrimov ham o‘z jangini g‘alaba bilan yakunlagan edi.

Shu tariqa hisob Uzbek Tigers foydasiga 5:0.

Oldindagi yana 5 ta jang bor:

C2 guruhi

Janglar soat 22:00 da boshlanadi

52 kg: Jasur Latipov — Xesus Roxas

60 kg: Shunqor Abdurasulov — Luis Kabrera

69 kg: Mahmud G‘oipov — Gabriel Maestre

81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev — Nalek Korbaj

+91 kg: Bahodir Jalolov — Jordan Ernandes



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2018, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют