» » C2 guruhi. Uzbek Tigers — Venesuela Caciques 2:1. Mahmud G‘oipov raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi

C2 guruhi. Uzbek Tigers — Venesuela Caciques 2:1. Mahmud G‘oipov raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi


Ayni damda Butunjahon boks seriyasida ishtirok etayotgan O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi Venesuelaning Venesuela Caciques jamoasiga qarshi jang olib bormoqda. Bugun 10 ta jang o‘tkazilishi belgilangan. Hozirgacha 8 tasi o‘z nihoyasiga yetib ulgurdi.

C1 guruhidan o‘rin olgan 5 ta jangda ham Uzbek Tigers’ning qo‘li baland keldi. C2 guruhining 1-jangi 52 kg vaznda Jasurbek Latipov Xesus Roxasga qarshi ringga chiqib, raqibini muddatidan avval mag‘lub etishga erishdi.

Ikkinchi jang esa 60 kg vaznda Shunqor Abdurasulov va Luis Kabrera o‘rtasida kechdi. Hakamlar ushbu jangda Shunqorning 2:1 hisobida g‘alaba qozonganini qayd etdi.

Uchinchi jang 69 kg vaznda Mahmud G‘oipov hamda Gabriel Maestre o‘rtasida kechdi. Jangda hakamlar Maestrening 3:0 hisobidagi g‘alabasini qayd etdi.

Shu tariqa Uzbek Tigers 1-mag‘lubiyatni tan olishga majbur bo‘ldi.

Yana 2 ta jang qoldi.

C2 guruhi

81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev — Nalek Korbaj

+91 kg: Bahodir Jalolov — Jordan Ernandes



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют