» » Superligadagi ilk iste’fo “So‘g‘diyona”da: Mochinov ketdi, Lushchan keldi

Superligadagi ilk iste’fo “So‘g‘diyona”da: Mochinov ketdi, Lushchan keldi


Kecha, 7-aprel kuni “So‘g‘diyona” rahbariyati navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar beradi “Sports.uz”

Yig‘ilish davomida jamoaning qoniqarsiz natijalari muhokama qilindi. “So‘g‘diyona” Superliganing 5-turidan keyin bor yo‘g‘i 1 ochkoni qo‘lga kiritdi. Raqiblar darvozasi atigi 1 marotaba ishg‘ol qilindi. Shundan kelib chiqib, jamoa rahbariyati Aleksandr Mochinovni “So‘g‘diyona” boshqaruviga loyiq emas deb hisoblab, iste’foga chiqargan.

Qayd etilishicha, “So‘g‘diyona” klubida moliyaviy tomondan hech qanday muammo yo‘q. Murabbiylar shtabi va barcha futbolchilarning oylik maoshlari o‘z vaqtida berilmoqda.

Bugunning o‘zida klubga yangi bosh murabbiy ham tayinlandi. Sergey Lushchan “So‘g‘diyona” bosh murabbiyi aylandi, deb xabar beradi klub matbuot xizmati.

Ma’lumot uchun 44 yoshli mutaxassis murabbiylik faoliyati davomida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi va “Bunyodkor” klubini boshqargan.

Bu Superligadagi ilk iste’fodir. Avvalroq “Qizilqum” bosh murabbiyi Hamidjon Aktamovning iste’fosi haqidagi xabarlar o‘z tasdig‘ini topmagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2018, 01:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют