» » O‘zbekistonlik futbolchilarning paxta dalasiga yurishi davom etadi: navbat “So‘g‘diyona”ga

O‘zbekistonlik futbolchilarning paxta dalasiga yurishi davom etadi: navbat “So‘g‘diyona”ga


Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi futbolchilari paxta dalasiga chiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Paxta — bizning milliy boyligimiz. Paxta — bizning milliy g‘ururimiz, orimiz”, — deb boshlandi matbuot xizmatining xabari. Aytilishicha, har bir o‘zbekistonlik paxta jarayoniga daxldorlik tuyg‘usi va mas’ullik hisini o‘zida ko‘radi. Paxtadagi faollik va fidoyilik har birimizning fuqarolik barchimiz va mas’uliyatimiz ekani eslatiladi.

“So‘g‘diyona” futbol klubi ham jarayonga befarq qarab turmay, bosh murabbiy Igor Shkvirin boshqaruvida paxta dalasiga chiqqan. FIFA kunlari sabab yuzaga kelgan tanaffusda nafaqat futbolchilar, balki Jizzax viloyati futbol federatsiyasi xodimlari, “So‘g‘diyona” stadioni ishchilari va klubning barcha xodimlari ham paxtaga jalb qilingan.

Bu guruh paxta dalasida qancha vaqt bo‘lgani va umumiy qancha hosil yig‘ib olgani borasida ma’lumot berilmagan. Bungacha “Navbahor” va “Qo‘qon—1912” klublari ham paxta dalasida ko‘rinish bergandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-10-2017, 13:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют