» » “Navbahor” futbolchilari paxta terib, “Paxtakor”ni yengach, “Qo‘qon—1912” futbolchilari ham paxtaga chiqdi

“Navbahor” futbolchilari paxta terib, “Paxtakor”ni yengach, “Qo‘qon—1912” futbolchilari ham paxtaga chiqdi


“Qo‘qon—1912” futbol klubi futbolchilari paxta dalasiga chiqarildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, respublika milliy boyligi bo‘lgan paxta hosilini nes-nobud qilmay terib olish uchun barcha yurtdoshlar o‘z hissasini qo‘shishga harakat qilmoqda. “Qo‘qon—1912” futbolchilari ham bu jarayonga chetdan qarab turmagan va taqvimda yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib, Dang‘ara tumanidagi fermer xo‘jaligida paxta tergan.

Sayt bunda qo‘qonlik futbolchilarni Muhsin Nizomiddinov boshqaruvidagi, deb tanishtirgan. Bosh murabbiy No‘mon Hasanov nomi nima sababdan tilga olinmaganini ochiqlanmagan. Shuningdek, asosiy tarkib futbolchilaridan kimlar paxta tergani haqida aytmagan.

“Markaziy” stadioni xodimlari va Qo‘qon avtoshoh bekati ishchilari ham paxtaga chiqqan. Ular vatanimiz ravnaqiga o‘z xissalarini qo‘shmoqdalar, zero, paxta milliy boyligimiz, uni yig‘ib-terishda ishtirok etish esa har birimizning fuqarolik burchimizdir, deb yozgan matbuot xizmati.

“Qo‘qon—1912” klubiga tegishli “paxtakorlar” umumiy qancha paxta tergani va paxta dalasida qancha vaqt davomida bo‘lgani aytilmagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-10-2017, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...