» » MB raisi o‘rinbosari Shuhrat Atabayev: Bank xodimlarini paxta terimiga chiqaringlar, degan topshiriq yo‘q

MB raisi o‘rinbosari Shuhrat Atabayev: Bank xodimlarini paxta terimiga chiqaringlar, degan topshiriq yo‘q


O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari Shuhrat Atabayev bank xodimlarining paxtaga terimchilarni jalb qilishi haqidagi xat yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda, Telegram messenjerida Markaziy bank raisi o‘rinbosari Shuhrat Atabayevning imzosi bilan 26-sentabr kuni “Xizmat doirasida foydalanish uchun” tijorat banklari rahbarlari va MBning hududiy bosh boshqarmalari boshliqlariga yo‘llangan xat surati tarqalib ketgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston banklarining hududiy filiallaridagi har bir xodim 5 nafardan terimchini paxtaga jalb qiladi

Xatda 2017-yilgi paxta hosilini yig‘ib-terib olishga ko‘maklashish maqsadida bankning hududiy filiallarida ishlayotgan har bir xodim 5 nafardan terimchini paxta yig‘im-terimiga jalb etishi so‘ralgan.
Shuhrat Atabayevning ma’lum qilishicha, bunda gap hududlarda ishsiz yurgan fuqarolarni paxta yig‘im-terimiga targ‘ib qilib, ularga moddiy ahvollarini yaxshilab olishni tushuntirish haqida bormoqda.

Bu xat jo‘natilishidan maqsad — banklar joylashgan hududlarda bekor yurgan, ishsiz fuqarolar bo‘lsa, ularga paxta yig‘im-terim vaqtida targ‘ibot qilish. Bankirlar yoki byudjet tashkilotlari xodimlarini paxta yig‘im-terimiga chiqaringlar, degan topshiriq yo‘q.

Garchi xatda bu vazifa aniq qilib yozilmagan bo‘lsa-da, biz yig‘ilish o‘tkazib, gaplashib, xodimlarimizga boshqatdan tushuntirdik. Chunki, ta’kidlaganimdek, banklar joylashgan mahallalarda uyushmagan aholi vakillari, ishsiz bekor yurgan fuqarolar bor. Hozir paxtaga 500 so‘mdan pul berilmoqda, ular chiqib yordam berishsa, o‘zlarining moddiy ahvoli yaxshilanishini tushuntirishni bankirlardan iltimos qilganmiz.

Shuhrat Ataboyev, O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-09-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют