» » Janubiy Koreyadagi GM rahbarining ofisini ishchilar ag‘dar-to‘ntar qildi (video)

Janubiy Koreyadagi GM rahbarining ofisini ishchilar ag‘dar-to‘ntar qildi (video)


General Motors kompaniyasining Janubiy Koreyadagi vakolatxonasining kabinetiga ishchilar hujum qildi. Xona ichidagi kameralardan olingan videoyozuv YouTube’ga joylandi, deb yozadi Auto Mail.Ru. Shu tariqa, kasaba uyushmasi a’zolari kompaniya siyosatiga qarshi noroziligini bildirishga qaror qildi.

Kadrlarda bir necha kishi kabinetga bostirib kirib, jihozlarni u yoqdan-bu yoqqa surib, ularni sindirayotgani, shuningdek, turli buyumlarni yerga otib-sochayotganini ko‘rish mumkin. Video oxirida esa “isyonchilar guruhi” kabinetdan o‘z rahbarlariga tegishli stolni olib chiqib ketgan.

Nashr eslatishicha, o‘tgan yildan buyon Janubiy Koreyadagi GM kompaniyasining ishlari yaxshi yurishmayapti. Avvalroq ishlab chiqaruvchi mamlakatdagi zavodlaridan birini yopish, shuningdek, 5000 ga yaqin xodimini qisqartirish rejalari haqida e’lon qilgan edi. Bundan tashqari, ishchilar ularga qonuniy mukofot pullari to‘lanishini talab qilmoqda, kompaniyada esa buning uchun pul yo‘q.

Ta’kidlanishicha, o‘z aksiyasi doirasida kasaba uyushmasi Janubiy Koreyadagi GM rahbariyatining iste’fosini talab qilgan, bunga rasmiy shaxslar qanday munosabat bildirgani noma’lum. Shunisi ma’lumki, GM vakolatxonasi rahbariyati ofisga hujum holati bo‘yicha politsiyaga shikoyat qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют