» » La Liga. Messining xet-triki “Barselona”ga g‘alaba keltirdi , “Real” esa bugun Madrid derbisida “Atletiko”ga qarshi maydonda saf tortadi

La Liga. Messining xet-triki “Barselona”ga g‘alaba keltirdi , “Real” esa bugun Madrid derbisida “Atletiko”ga qarshi maydonda saf tortadi


Kecha, 7-aprel sanasida Ispaniya La Ligasining navbatdagi tur bahslaridan bir nechtasi bo‘lib o‘tdi.

31-tur 6-aprel sanasida “Deportivo” — “Malaga” bahsi bilan boshlangandi. “Deportivo” qiyin kechgan o‘yinda 3:2 hisobida “Malaga”ni taslim qilishga erishdi.

Kecha, 7-aprel sanasida esa musobaqa peshqadami “Barselona” o‘z maydonida “Leganes”ni qabul qildi. Uchrashuvda to‘liq ustunlik qilgan kataloniyaliklar Leo Messining xet-triki sabab, “Leganes”ni taslim etishga erishdi. Shu tariqa “Barselona” chempionlik sari yanada yaqinlashib oldi.

Turning markaziy o‘yini esa bugun Madridda “Real” hamda “Atletiko” o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

La Liga

31-tur bellashuvlari

6-aprel, juma

Gollar: 1:0 — 6, penalti Lukas Peres. 1:1 — 41, avtogol Gilyerme. 2:1 — 70 Adrian. 2:2 — 73 Diyego Rolan. 3:2 — 85 Adrian.

7-aprel, shanba

Gollar: 1:0 — 48 Laguardia. 2:0 — Munir.

Gollar: 1:0 – 38, avtogol Arana. 2:0 – 57 Aspas. 3:0 – 60 Aspas. 4:0 – 78 Aspas.

Gollar:1:0 – 21 Leon. 2:0 – 50, avtogol Arbilya.

Gollar: 1:0 – 27 Messi, 2:0 – 32 Messi, 2:1 – 68 El-Jar, 3:1 – 87 Messi.

8-aprel, yakshanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют