» » Britaniyada zaharlangan sobiq rus josusi Sergey Skripal o‘ziga keldi

Britaniyada zaharlangan sobiq rus josusi Sergey Skripal o‘ziga keldi


Britaniyaning Solsberi shahrida qizi Yulia bilan birga zaharlangan GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal o‘ziga keldi va gapirishi mumkin. Hozirda uni huquq-tartibot vakillari bilan muloqotga tayyorlashmoqda, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

“Politsiya yaqin orada Solsberidagi zaharlanish bilan bog‘liq voqealar markazida turgan inson bilan gaplashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Sobiq rus josusi Sergey Skripal og‘ir holatdan chiqdi, davolanishi ko‘ngildagidek kechmoqda, hushi joyida va gapirmoqda”, — deyiladi SkyNews xabarida.

Skripalning hozirgi holati zaharlanishi borasida ko‘rsatmalar berishi uchun yetarli darajada yaxshi deb baholanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2018, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют