» » G‘arb davlatlari yetakchilari Britaniyada Rossiya maxsus xizmati sobiq xodimi zaharlanishini qoraladi

G‘arb davlatlari yetakchilari Britaniyada Rossiya maxsus xizmati sobiq xodimi zaharlanishini qoraladi


Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va AQSh yetakchilari rossiyalik sobiq polkovnik Sergey Skripal zaharlanishini qoralovchi qo‘shma bayonot bilan chiqdi. Bu haqda EADaily xabar bermoqda.

“Biz Solsberida Sergey va Yuliya Skripalga qarshi amalga oshirilgan hujumga nafrat bilan qaraymiz. Bu Buyuk Britaniya suvereniteti buzilishi. Har qanday davlat tomonidan amalga oshirilgan bunga o‘xshash harakatlar kimyoviy qurol haqidagi konvensiya va xalqaro qonunchilikning yaqqol toptalishi hisoblanadi. Bu barchamizning xavfsizligimizga tahdid”, — deyiladi bayonotda.

G‘arb davlatlari yetakchilariga ko‘ra, Rossiyada yaratilgan harbiy maqsadlarda qo‘llanadigan asab-falaj moddasidan foydalanish ikkinchi jahon urushi davrlaridan beri Yevropada ilk bor ro‘y berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 00:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют