» » Dang‘aradagi eshak go‘shti mojarosi Qo‘qonda vahimaga sabab bo‘ldi (video)

Dang‘aradagi eshak go‘shti mojarosi Qo‘qonda vahimaga sabab bo‘ldi (video)


Kuni kecha Farg‘ona vodiysida efirga chiquvchi “Muloqot TV” telekanali Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanidagi qassoblardan biri mol go‘shti orasiga eshak go‘shti qo‘shib sotgani haqida xabar bergan edi.

Telekanal tomonidan tayyorlangan videolavhada Qo‘qon shahar veterinariya bo‘limi mutaxassisi Akramjon Matkarimov eshak go‘shti insonga kasalliklar yuqtirishi haqida, Qo‘qon shahar bosh imom-xatibi Abdumajid hoji Isoqov esa eshak go‘shti harom ekani, uni aldab sotgan kishi bilmay shu go‘shtdan yeganlarning gunohini ham olishi haqida fikr bildirgan.

Aftidan, mazkur holat qo‘qonliklar orasida “Qo‘qon shahrida ham eshak go‘shti sotilyapti” qabilida mish-mishlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. “Muloqot TV” telekanali mish-mishlarga raddiya o‘laroq yangi videolavha tayyorlagan. Unda Akramjon Matkarimov Qo‘qon shahri bozorlariga chiqariladigan go‘sht mahsulotlari qat’iy tekshiruvdan o‘tishi, eshak go‘shti sotilishiga yo‘l qo‘yilmasligi haqida fikr bildirgan.

“Eshak go‘shti sotish holati Qo‘qonda emas, Dang‘ara tumanida yuz bergan. Bizda eshak go‘shti sotilmaydi. Hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q”, — deya yana bir bor aniqlik kiritdi Akramjon Matkarimov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют