» » Janubiy Koreyaning yana bir sobiq prezidenti korrupsiyada ayblanmoqda

Janubiy Koreyaning yana bir sobiq prezidenti korrupsiyada ayblanmoqda


Janubiy Koreya prokuraturasi mamlakatni 2008—2013-yillarda boshqargan prezident Li Myon Bakka nisbatan korrupsiya bo‘yicha ayblovni ilgari surmoqda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Ayblovlar Jinoyat Kodeksining 16 ta, xususan poraxo‘rlik, pul o‘zlashtirish, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, lavozimini suiiste’mol qilish, saylov qonunchiligini buzish kabi punktlarga asoslangan”, — deyiladi xabarda.

Li Myon Bakni hibsga olish haqidagi order 22-mart kuni prokuratura so‘roviga ko‘ra berilgan edi. Hozirda Li Myon Bak dastlabki hibsga olish markazida saqlanmoqda.

Prokuratura sudga asos sifatida 80 ming betli tergov hujjatlari va boshqa materiallarni yuborgan. Li Myon Bakning advokatlari bir necha o‘nlab betlarda o‘z pozitsiyalarini bayon etgan.

Prokuratura sobiq prezidentni kamida 10 million dollar pora olganlikda gumon qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2018, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют