» » O‘zbekiston TIVda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston TIVda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


9-aprel kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida mamlakatga tashrif bilan kelgan BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiyaga FAO bosh direktori o‘rinbosari, Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Vladimir Raxmanin boshchilik qilmoqda, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

Tashrif dasturiga ko‘ra Buxoro shahrida ipakchilik bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etish, ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.

TIVda bo‘lib o‘tgan suhbat davomida ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va FAO o‘rtasida samarali hamkorlik o‘rnatilganini tomonlar yuqori baholaydi. 2014-yil iyun oyida tashkilotning Toshkentda vakolatxonasi ochilganidan so‘ng aloqalar faollashgani qayd etildi.

Hozirgi vaqtda o‘zbekistonlik hamkorlari bilan birgalikda FAO qator milliy va mintaqaviy loyihalarni amalga oshirmoqda, bular o‘simlikshunoslik, o‘rmonchilik, urug‘chilik, qurg‘oqchilik bilan kurash, yer degradatsiyasini oldini olish, cho‘l bioxilma-xilligini saqlash va undan barqaror foydalanish kabi yo‘nalishlarni qamram oladi.

Muzokaralarda BMTning Sanoat taraqqiyoti bo‘yicha tashkiloti (YuNIDO) bilan birgalikda ipakchilik bo‘yicha loyihani tayyorlash va amalga oshirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi, shuningdek, FAO’ning 2018–2021-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston uchun tayyorlanayotgan hadli dasturi yuzasidan fikr almashildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют