» » Hokimlik Samarqand Darvoza yaqinidagi chuqurni tekisladi: o‘pirilib tushgan asfalt bu yerga o‘tgan yili yotqizilgan

Hokimlik Samarqand Darvoza yaqinidagi chuqurni tekisladi: o‘pirilib tushgan asfalt bu yerga o‘tgan yili yotqizilgan


Avvalroq Toshkent shahridagi Samarqand Darvoza savdo-ko‘ngilochar markazi avtoturargohi qarshisidagi yo‘lning asfalt qismi o‘pirilib tushgan edi. Shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, ayni paytda muammo bartaraf etilgan, deb yozadi “Podrobno”.

Guvohlarga ko‘ra, yo‘lning ikkinchi va uchinchi bo‘laklarida katta o‘ralar paydo bo‘lgan. Mazkur joy bo‘sh quti va shox-shabbalar bilan to‘silgan. O‘pirilish tufayli bu yerda tirbandliklar yuzaga kelgan.

“U yerga asfalt o‘tgan yili yotqizilgan, — deyishdi Toshkent hokimligi matbuot xizmatida. — Yo‘llar bir yilda bir marta ta’mirlanadi, chuqur tashlab asfaltlanadi. Har besh yilda esa reja bo‘yicha yo‘llar qoplamasi almashtirilishi kerak — har chorakda ro‘yxat bo‘yicha muayyan tumanda bunday ishlar amalga oshiriladi”.

Yo‘lning asfalt qismi qanday sababga ko‘ra o‘pirilib tushganiga hokimlik aniqlik kiritmadi. Ba’zi mish-mishlarga ko‘ra, quvur yorilib ketgan. “Ammo ayni vaqtda yo‘l tartibga keltirilgan, bu uchastkada tirbandliklar yo‘q”, — dedi ma’murlar.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют