» » Toshkentdagi  Samarqand Darvoza, Mega Planet, Next va Magnit savdo-ko‘ngilochar markazlarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi

Toshkentdagi  Samarqand Darvoza, Mega Planet, Next va Magnit savdo-ko‘ngilochar markazlarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi


Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahar hokimligi huzuridagi doimiy komissiya poytaxtda joylashgan ko‘ngilochar-savdo majmualari va shunga o‘xshash boshqa obyektlar rahbarlariga ushbu binolarda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha profilaktik tekshiruvlarni o‘tkazish taklifini bildirdi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

28-mart kuni Vazirlar Mahkamasining “Yong‘inlar profilaktikasi kunlarini o‘tkazish va yong‘in xavfsizligi choralarini kuchaytirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Toshkent shahridagi Next, Samarqand Darvoza, Mega Planet va Magnit ko‘ngilochar-savdo majmualari va markazlarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Ushbu obyektlar xodimlari Toshkent shahar YoXB va FVB vakillari ishtirokida yong‘in vaqtida to‘g‘ri harakatlanish, fuqarolarni tezkor evakuatsiya qilish choralarini ko‘rish va yong‘in o‘choqlarini bartaraf etish ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют