» » Samarqand Darvoza va Mega Planet Kemerovo fojiasidan qanday xulosa chiqardi?

Samarqand Darvoza va Mega Planet Kemerovo fojiasidan qanday xulosa chiqardi?


UZ24 Toshkent shahridagi yirik savdo ko‘ngilochar markazlari bilan bog‘lanib, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha ishlab chiqilgan choralar hamda Kemerovo fojiasidan so‘ng qo‘shimcha ravishda o‘tkazilayotgan tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot oldi.

— Savdo-ko‘ngilochar markazimizda yong‘in xavfsizligiga amal qilish, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan holatlarda qanday yo‘l tutish borasida rejali chora-tadbirlar ishlab chiqilgan, — deydi Samarqand Darvoza muassasasining yong‘in xavfsizligi va texnik xavfsizlik bo‘yicha muhandisi Aziz To‘rayev. — Maskanda bu kabi holatlar yuzaga kelganda zudlik bilan signalizatsiya tizimi ishga tushadi va bu tizim doimiy nazoratda. Shuningdek, bino bo‘ylab fuqarolarni ogohlantiruvchi maxsus tovushli moslamalar o‘rnatilgan. Har bir qavat yong‘in o‘chirish anjomlari bilan ta’minlangan.

Uning ta’kidlashicha, savdo-ko‘ngilochar markazida 15 kishidan iborat ko‘ngilli yong‘in o‘chirish guruhi tashkil etilgan bo‘lib, ular nohush holatlar yuzaga kelgan vaqtda darhol yong‘inni bartaraf etish, fuqarolarni rejali asosda binodan evakuatsiya qilish singari vazifalarga mas’ul. Ushbu guruh a’zolari har olti oy davomida qayta o‘qib, o‘z malakalarini oshirib boradi, turli amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazadi.

“Kemerovoda yuz bergan fojiadan so‘ng, majmuadagi yong‘in xavfsizligi choralari yanada kuchaytirildi, o‘tgan ikki kun davomida nazorat tadbirlari tashkil etib, binoni to‘liq ko‘zdan kechirib chiqmoqdamiz”, deya qo‘shimcha qiladi A. To‘rayev.

Mega Planet savdo-ko‘ngilochar markazi direktori o‘rinbosari Ahmadxon Sayfullayevning ma’lum qilishicha, markaz ma’muriyati tomonidan binoda yong‘inga qarshi himoya tizimi va yong‘inni o‘chirish vositalari holati qayta tekshirib chiqilgan. Xodimlar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilib, favqulodda yuz beradigan hollarda qanday xarakatlanishlari, har bir ishtirokchining vazifalari qay darajada bo‘lishi lozimligi yana bir bor qayta o‘rganib chiqildi, ularning har birining faoliyat yuritayotgan hududiga javobgarligi kuchaytirildi.

“Bizda himoya tizimi qattiq nazorat qilinadi. Yong‘in xavfsizligi talablarining buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Yong‘in va turli favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida bino yerto‘lasida joylashgan avtoturargohga gaz ballon o‘rnatilgan avtomobillar kirishi taqiqlangan. Tashrif buyuruvchilarning kirishi doimiy tekshirilib, portlovchi, kesuvchi, zaharlovchi moddalar olib kirilishiga ruxsat etilmaydi”, dedi A.Sayfullayev

Muassasalar vakillariga ko‘ra, savdo-ko‘ngilochar markazlarining barcha xodimlari yong‘in va favqulodda holatlarda qanday yo‘l tutish zarurligi borasida maxsus yo‘riqnomalar bilan tanishtirilgan.

UZ24 Next savdo-ko‘ngilochar majmuasiga murojaat etganida majmua xodimi rahbariyat ruxsatisiz savollarga javob berolmasligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kemerovodagi fojiadan so‘ng Toshkentdagi barcha savdo markazlari yong‘in xavfsizligiga yoppasiga tekshiruvdan o‘tkazilishi ma’lum qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют