» » Qashqadaryoda rahbarlar yong‘in xavfsizligi asoslari bo‘yicha sayyor yig‘inlarda ishtirok etmoqda

Qashqadaryoda rahbarlar yong‘in xavfsizligi asoslari bo‘yicha sayyor yig‘inlarda ishtirok etmoqda


IIV Yong‘in xavfsizligi instituti tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi obyektlar rahbarlarini “Yong‘in xavfsizligi asoslari”ga o‘qitish bo‘yicha sayyor o‘quv-amaliy yig‘inlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Yig‘inlarda institut professor-o‘qituvchilari tomonidan sanoat tarmoqlari, ijtimoiy soha, tunda odamlar ommaviy to‘planadigan obyektlar, yirik bozorlar va savdo komplekslari, saxovat va muruvvat uylari, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan yong‘in xavfsizligi sohasida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

—Sayyor o‘quv yig‘inlarini o‘tkazishdan maqsad ob’ektlar rahbarlarining yong‘in xavfsizligi sohasidagi huquqiy savodxonligini va bu ishlardagi mas’uliyatini yanada oshirishdir, — deydi Qashqadaryo viloyat IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimi Sohib Voyitov. — Tadbirlarda obyektda yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarni to‘g‘ri tashkil etish, sohada tatbiq etilayotgan innovatsion texnologiyalar, yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llash, yong‘in vaqtidagi harakatlar haqida ma’lumot berilmoqda.

O‘quv yig‘inlari yakunida obyektlar rahbarlari test sinovlari topshirish orqali o‘z bilim ko‘nikmasini namoyish etadi. Ularga maxsus sertifikatlar topshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 06:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют