» » AQSh Suriya qirg‘oqlari tomonga raketa esminetsini jo‘natdi

AQSh Suriya qirg‘oqlari tomonga raketa esminetsini jo‘natdi


Oq uyda go‘yoki Suriyaning Duma shahrida amalga oshirilgan kimyoviy hujumga bag‘ishlangan yig‘ilishdan so‘ng, AQSh harbiy-dengiz kuchlarining kamida bitta raketa esminetsi Suriya qirg‘oqlariga qarab yo‘l oldi, deb yozadi “TASS”.

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uy milliy xavfsizlik kengashi majlisini o‘tkazgan. The Wall Street Journal ma’lumotlariga ko‘ra, unda Vashington go‘yoki Dumada yuz bergan kimyoviy hujum uchun javobgar deb hisoblaydigan Damashqqa nisbatan ehtimoliy kuch ishlatish uchun asoslar ishlab chiqish haqida gap borgan.

Ayni paytda Amerika esminetsi Suriya qirg‘oqlariga qarab qayerdan yo‘l olgani noma’lum.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют