» » Abu-Dabida qizlarni fohishalikka majburlagan xorazmlik ayolning qilmishlari fosh etildi

Abu-Dabida qizlarni fohishalikka majburlagan xorazmlik ayolning qilmishlari fosh etildi


Xorazm viloyatida yashovchi Noila bir necha yosh qizlarni 2017-yil aprel oyida aldov yo‘li bilan Birlashgan Arab Amirliklarning Abu-Dabi shahriga chaqirtirib olgan, deb xabar beradi O‘zA.

Ularni qariyb to‘qqiz oy davomida, ya’ni 2017-yilning dekabr oyiga qadar turli erkaklar bilan pul evaziga jinsiy aloqada bo‘lishga majburlagan. O‘z vatandoshlaridan shahvoniy maqsadlarda foydalanib kelgan.

“Jirkanch illatlari orqali millat tomiriga bolta urayotgan, inson qadridan pulni baland qo‘yadigan bunday shaxslarni aniqlash va ularning qilmishiga yarasha qonun oldida javobgarlikka tortish huquqni muhofaza qiluvchi organlarining asosiy vazifalaridan biri. Xorazm IIB tomonidan olib borilgan maxsus tadbirlar natijasida Noilaning ham qilmishlari fosh etildi”, — deyiladi xabarda.

Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2018, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 20) ( 0) ( 20) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют