» » Bugun — ulug‘ o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy tug‘ilgan kun

Bugun — ulug‘ o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy tug‘ilgan kun


Bugun, 10-aprel — ulug‘ o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy tug‘ilgan kun.

Abdulla Qodiriy 1894-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Otasi Qodirbobo xon, beklar qo?lida sarbozlik qilgan, rus bosqini paytida Toshkent mudofaasida qatnashgan. Otasi boshidan o?tgan sarguzashtlar Abdulla Qodiriyning qator asarlari, xususan, tarixiy romanlarining yuzaga kelishida muhim rol o?ynagan.

Abdulla Qodiriy musulmon maktabida, rus-tuzem maktabida, Abulqosim shayx madrasasida ta?lim oldi; Moskvadagi adabiyot kursida o?qidi.

“Sadoi Turkiston” gazetasining 1914-yil 1-aprel sonida Abdulla Qodiriy imzosi bilan “Yangi masjid va maktab” sarlavhali xabar bosiladi. Bu bo?lajak adibning matbuotdagi dastlabki chiqishi edi.

Oradan ko?p o?tmay, uning “To?y”, “Ahvolimiz”, “Millatimga”, “Fikr aylagil” kabi she?rlari, “Baxtsiz kuyov” dramasi, “Juvonboz” hikoyasi chop etiladi.

Uning eng mashhur asarlari “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” romanlari, “Obid ketmon” qissasi va boshqalardir.

Abdulla Qodiriy, shuningdek, tatar fizik olimi Abdulla Shunosiyning “Fizika”, Gogolning “Uylanish”, Anton Chexovning “Olchazor” asarlarini o?zbekchaga tarjima qildi. Qozonda bosilgan “To?la ruscha-o?zbekcha lug?at”ni tuzishda ishtirok etdi.

Qatag‘on yillari u yolg‘on ayblovlar bilan sudlanib, o‘lim jazosiga hukm qilingan va 1938-yili otib tashlangan.

Ma’lumotlar Wikipedia’dan olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2018, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 98) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют