» » Bobomurod Abdulla ishi: Advokat Sergey Mayorov sobiq MXX tergovchilarini guvoh sifatida chaqirishni so‘radi

Bobomurod Abdulla ishi: Advokat Sergey Mayorov sobiq MXX tergovchilarini guvoh sifatida chaqirishni so‘radi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida 9-aprel, dushanba kuni jurnalist Bobomurod Abdullayev, bloger Hayotxon Nasriddinov, tadbirkorlar Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayevga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Mazkur sud yig‘ilishida raislik qiluvchi sudya Zafar Nurmatov Bobomurod Abdullayevning advokati Sergey Mayorovning sobiq Milliy xavfsizlik xizmati (hozirda Davlat xavfsizlik xizmati) tergovchilarini guvoh sifatida taklif etish haqidagi iltimosini qondirdi.

Sergey Mayorov o‘z iltimosnomasida guvoh sifatida MXX tezkor xodimi T. Yoqubov, MXX tergovchilari N. Muhiddinov, A. Veselov, N. To‘raqulov, M. Ergashev, shuningdek, sudga ayrim ma’lumotnomalarni tayyorlagan mutaxassislarni taklif etishni so‘ragandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют