» » O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi avtobus qatnovi may oyida yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi avtobus qatnovi may oyida yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda


O‘zbekiston va Tojikiston transport mutasaddilari 13-aprel kuni Toshkentda ikki davlat o‘rtasida avtobus qatnovini tiklash bo‘yicha kelishuvni imzolaydi. Bu haqda Asia-Plus xabar bermoqda.

Avtobuslar qatnovi joriy yil may oyi boshida yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. Ular Dushanbedan Denov va Termizga, Panjikentdan Samarqandga, Xo‘janddan Toshkent va Farg‘onaga qatnaydi.

Qatnov jadvali va yo‘lkira haqiga kelishuv imzolanganidan so‘ng aniqlik kiritiladi.

O‘zbekistonga yo‘lovchi reyslarining Tojikistonning Asian Express kompaniyasi amalga oshiradi. Tojikistonga qatnaydigan mahalliy kompaniya esa O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi tomonidan keyinchalik ma’lum qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют