» » Abdulaziz Komilov Bangladesh tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Abdulaziz Komilov Bangladesh tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi


2018-yilning 11-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekistonda bo‘lib turgan Bangladesh Xalq Respublikasi Tashqi ishlar davlat vaziri Shahriyar Alam boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Avvalroq tarkibida biznes vakillari bo‘lgan Bangladesh delegatsiyasi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tashkil etilgan ikki davlat ishbilarmon doiralari seminarida ishtirok etdi, shuningdek, O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida muzokaralar o‘tkazdi hamda Samarqand va Buxoro viloyatlarida bo‘ldi.

Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki tomonlama va xalqaro kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi.

Muzokaralarda Bangladesh elchisi Mosud Mannan ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют